Ertadan shifokor retseptisiz dori sotib olib bo‘lmaydi (video)
Jamiyat
−
11 dekabr 13011 3 daqiqa
Ertaga, 12 dekabrdan boshlab DMED elektron retsept tizimi ishga tushiriladi. Barcha retsept bo‘yicha beriladigan dori-darmonlar faqat raqamli retsept asosida beriladi. Bu haqda “Sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish buyicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hukumat qarorida keltirilgan.
Faqat retsept bo‘yicha beriladigan dorilar:
- antibiotiklar;
- gormonal preparatlar;
- psixotrop vositalar;
- “retsept bo‘yicha” deb ko‘rsatilgan istalgan dori.
Elektron retsept qanday ishlaydi:
Shifokor DMED orqali retsept yozadi, bemor esa ID yoki QR-kod bilan dorixonadan dori oladi.
Retseptni soxtalashtirib bo‘lmaydi – shifokor, klinika va dorixona ma’lumotlari avtomatik tarzda qayd etiladi.
Bu nima uchun joriy etilmoqda:
- dori tayinlashni nazorat qilish;
- antibiotiklarni ko‘rsatmasiz sotilishining oldini olish;
- xalqaro tibbiy standartlarga moslash.
Retseptsiz qoladiganlar:
- faqat ko‘rsatmasi “retseptsiz” deb belgilangan preparatlar (Cog‘liqni saqlash vazirligi yagona ro‘yxatni keyin e’lon qiladi).
Elektron retsept orqali dorilarni olish jarayoni bir nechta bosqichdan iborat:
- Bemor shifokorga murojaat qiladi, u klinik protokollar va standartlarga asosan davolashni belgilaydi.
- Bemorning ma’lumotlari va tayinlangan dorilar tibbiy axborot tizimiga kiritiladi va elektron tibbiy karta tuziladi.
- Bu ma’lumotlarga asosan QR-kod va shifokorning elektron imzosi bilan elektron retsept rasmiylashtiriladi.
- Bemor yoki uning vakili aptekaka boradi, farmatsevt retseptni tekshirib, dorini beradi va uning ma’lumotlarini tizimga kiritadi.
- Agar kerak bo‘lsa, shifokor elektron retseptni qog‘ozga chop ettirib, uni bemorga berish imkoniyatiga ega.
- Statsionar davolanishdan o‘tgan bemorlar uchun elektron retseptlar davolanish yoki kasallik tarixi bilan birga ishlab chiqiladi, qabul qilish muddati aniq ko‘rsatiladi.
Elektron retseptda quyidagi ma’lumotlar bo‘ladi:
- Tibbiy tashkilot va uning litsenziyasi haqidagi ma’lumotlar;
- Bemor haqidagi ma’lumotlar (JSHSHIR, F.I.Sh., tug‘ilgan sana);
- Diagnoz (MKB bo‘yicha);
- Dori nomi, dozasi, qabul qilish rejasi va muddati;
- Retsept raqami va berish sanasi;
- Shifokorning ma’lumotlari.
Shu bilan birga, elektron retsept bilan faqat O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan preparatlar berilsa, farmatsevtlar preparatning seriyasi, tugash muddati va partiyasini tizimga kiritishi kerak. Shifokorlar esa preparatlarning harakati haqida onlayn kuzatish imkoniga ega bo‘ladi.
Elektron retsept tibbiy ko‘rsatmalar bo‘lmagan holda, mamlakatda ro‘yxatdan o‘tmagan dorilarga (orfan preparatlaridan boshqasi) hamda anesteziya uchun qo‘llaniladigan vositalarga tuzilmaydi. Tibbiy muassasalarda elektron retseptlarni to‘g‘ri tuzish bo‘yicha nazorat sog‘liqni saqlash vazirligi va uning hududiy organlari tomonidan amalga oshiriladi. Aptekalarda ushbu tizimni qo‘llash bo‘yicha nazorat farmatsevtika xavfsizligi markaziga topshiriladi.
Shu bilan birga, hujjat ayrim kategoriyalariga kiruvchi kuchli ta’sir qiluvchi, narkotik va psixotrop moddalarni hisobga olish mexanizmini 2027 yil 1 yanvarga qadar taklif qilishni talab qiladi.
Live
Barchasi