Eng yaxshi nonlar ro‘yxati e’lon qilindi. Ular orasida o‘zbek noni ham bor

Bu qiziq

image

Sayohat ixlosmandlari orasida mashhur bo‘lgan "CNN Travel" portali butun dunyodagi eng yaxshi 50 ta non turini taqdim etdi.

Nashrning ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda non pishirish san’at darajasiga ko‘tarilgan – an’anaviy tandirlarda yumaloq, burama, aylana naqshlar va muhrlar bilan bezatilgan nonlar tayyorlanadi.

“O‘zbekiston nonlari hududlarga qarab farq qiladi: Toshkent noni chaynashga yengil, yumshoq bo‘lsa, Samarqand noni ustiga qora sedana urug‘lari sepiladi”, deb yozadi “CNN Travel”.

Nonlar tandirdan chiqarilishi bilanoq bozor va qahvaxonalarga velosipedda issiq non tashiydigan yetkazib beruvchilar qo‘liga topshiriladi.

Dunyodagi eng yaxshi 50 ta non:

  • Bolani – Afg‘oniston
  • Lavash – Armaniston
  • Damper non – Avstraliya
  • Luchi – Bangladesh
  • Pão de queijo – Braziliya
  • Monreal begeli – Kanada
  • Marraqueta — Chili
  • Shaobing –  Xitoy
  • Pan Cubano (Kuba noni) –  Kuba
  • Libba – Misr
  • Pupusa – Salvador
  • Ijera – Efiopiya
  • Baguette – Fransiya
  • Xachapuri –  Gruziya
  • Pumpernickel – Germaniya
  • Pai bao – Gonkong
  • Dökkt rúgbrauð –  Islandiya
  • Paratha –  Hindiston
  • Roti gambang –  Indoneziya
  • Sangak –  Eron
  • Soda non –  Irlandiya
  • Challah – Isroil
  • Ciabatta – Italiya
  • Bammi non – Yamayka
  • Kare pan – Yaponiya
  • Tabun noni – Urdun
  • Roti canai – Malayziya
  • Ħobż tal-Malti – Malta
  • Tortillas – Meksika
  • Xobz kesra – Marokash
  • Fry bread – Navaxo millati (AQSH hududi)
  • Tijgerbrood – Niderlandiya
  • Rēwena parāoa – Yangi Zelandiya
  • Lefse – Norvegiya
  • Podplomyk – Polsha
  • Broa de milho – Portugaliya
  • Karavay – Rossiya
  • Pane carasau – Sardiniya (Italiya hududi)
  • Proja – Serbiya
  • Geran-ppang – Janubiy Koreya
  • Appam – Shri-Lanka
  • Kisra – Sudan va Janubiy Sudan
  • Limpa noni – Shvetsiya
  • Balep korkun – Tibet
  • Simit – Turkiya
  • Krampet – Birlashgan Qirollik (Buyuk Britaniya)
  • Biskuit – Amerika Qo‘shma Shtatlari
  • Non – O‘zbekiston
  • Arepa – Venesuela
  • Malavach – Yaman.

Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston non CNN Travel

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing