Erdo‘g‘an Shavkat Mirziyoyevni tantanali kutib oldi (video)
Jamiyat
−
29 yanvar 3553 1 daqiqa
Bugun, 29 yanvar kuni Turkiya Respublikasi Prezidentining Anqara shahridagi Oqsaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston rahbarini Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an kutib olgan.


Maydonda oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortgan. Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyib Erdo‘g‘an shohsupaga ko‘tarilgan. Harbiy orkestr ijrosida ikki mamlakat davlat madhiyalari yangragan. Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutlagan.


Ayni daqiqalarda davlat rahbarlarining tor doiradagi muzokaralari bo‘lib o‘tmoqda. Tomonlar O‘zbekiston – Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalarini muhokama qilmoqda.


Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga rasmiy tashrif bilan Anqara shahriga borgani haqida xabar berilgandi. “Esenbog‘a” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonlarni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an va rafiqasi kutib olgan.
Live
Barchasi