Erdo‘g‘anning xalqi tomonidan o‘ldirilishiga ishora bergan jurnalist 4 yilga qamaldi

Olam

image

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anni nishonga olganlikda va ijtimoiy tarmoq akkauntlarida joylashtirilgan dasturda tahdidli so‘zlarni ishlatganlikda ayblanib, joriy yilning 22 iyun kuni hibsga olingan jurnalist Fotih Altayli ishi bo‘yicha sud qarori e’lon qilindi. U Erdo‘g‘anga suiqasd qurboni bo‘lishi yoki o‘ldirilishi mumkinligi bilan tahdid qilgani uchun to‘rt yil-u ikki oylik qamoq jazosiga hukm qilindi. 

Istanbulning 26-jinoiy sudi tomonidan qabul qilingan qarorda Altayli o‘zining YouTube’dagi postlarida Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘anga suiqasd qurboni bo‘lishi yoki o‘ldirilishi mumkinligi bilan tahdid qilgani ta’kidlangan. 

Bugun e’lon qilingan asosli hukmda “sudlanuvchining harakatlari Prezidentga qarshi “boshqa jismoniy tajovuz” doirasida baholangan” deyilgan. 

Bundan tashqari, “sudlanuvchining bayonotlari qonuniy tartibni kuch bilan o‘zgartirishga, nafrat, kamsitish, adovat va zo‘ravonlikni keltirib chiqarishga qaratilgan ifodalar doirasiga kiradi, shuning uchun fikr va so‘z erkinligi doirasida baholanishi mumkin emas”, degan xulosa ilgari surilgan. Sud shuningdek, “sudlanuvchining bayonotlari zo‘ravonlikni qo‘zg‘atadigan xususiyatga ega va shuning uchun matbuot va so‘z erkinligi doirasida baholanishi mumkin emas” deb hisoblaydi. 

Hibsga olish chorasi uchun “qochish gumoni” ham sabab sifatida keltirildi.

Oltoyli 20 iyun kuni YouTube’dagi jonli efir paytida bergan bayonotlari uchun 22 iyun kuni hibsga olindi va keyinchalik Silivridagi Marmara qamoqxonasiga jo‘natildi. 

62 yoshli jurnalist olti oydirki qamoqda saqlanmoqda. 26 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan ikkinchi sud majlisida sud Oltoylini qamoq jazosiga hukm qildi va uni hibsda saqlashni davom ettirishni buyurdi. 

Videoda Oltoyli Prezident Erdo‘g‘anning “umrbod hukmronligi” haqidagi so‘rovnomaga izoh berar ekan, shunday degandi:

 “Uzoq o‘tmishga qarang: bu xalq o‘z sultonlarini bo‘g‘ib o‘ldirgan. Ular ularni yoqtirmaganlarida, xohlamaganlarida. O‘ldirilgan, suiqasd qilingan yoki bo‘g‘ib o‘ldirilgan yoki o‘limlari o‘z joniga qasd qilishga o‘xshatilgan ko‘plab Usmoniy sultonlari bor”.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing