Eron havo hududini qisman ochdi

Olam

image

Eron mamlakatning sharqiy qismida havo hududini ochdi. Istisno tariqasida mamlakat hududi orqali tranzit o‘tuvchi xalqaro reyslarga ruxsat berildi. Bu haqda mamlakat Fuqaro aviatsiyasi tashkiloti vakiliga tayanib, “Al Arabia” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Eron Islom Respublikasi Fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi mamlakatning sharqiy qismidagi havo hududi mamlakat orqali tranzit o‘tuvchi xalqaro reyslar uchun ochiq ekanini ma’lum qilgan.

“Mamlakatning sharqiy havo yo‘laklari Eron ustidan uchib o‘tuvchi xalqaro reyslar uchun ochiq”, deyiladi idora bayonotida.

Shuningdek, mahalliy vaqt bilan soat 07:00 dan boshlab avvalroq yopilgan aeroportlarning bir qismi o‘z faoliyatini qayta tiklagani xabar qilinmoqda.

“Al Jazeera” ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda ochilgan aeroportlarning umumiy soni oltitaga yetgan. Bundan tashqari, nashr aviakompaniyalar ichki va xalqaro reyslarni qayta tiklashga tayyorgarlik ko‘rayotganini aniqlashga muvaffaq bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 28 fevral kuni AQSH va Isroilning Eronga qarshi harbiy operatsiyasi boshlanganidan so‘ng Yaqin Sharqdagi bir qator davlatlar o‘z havo hududini yopgandi. Jangovar harakatlar boshlanishi sababli sayyohlar Yaqin Sharqqa tuzilgan turlarning bekor qilinishiga duch keldi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Fuqaro aviatsiyasi havo hududi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing