Eron hujumini qaytarish Isroilga qanchaga tushdi?

Olam

image

Eron dronlarining Isroil iqtisodiyotiga qilgan hujumi qiymati 1,35 milliard dollarni tashkil qildi. Bu haqda Isroil Bosh shtabining sobiq boshlig‘i maslahatchisi, brigada generali Ram Aminahga tayanib, “Yedioth Ahronoth” gazetasi xabar berdi. 

Qayd etilishicha,14 aprelga o‘tar kechasi Isroilning mudofaa xarajatlari 4-5 milliard shekelni (1,08-1,35 milliard dollar) tashkil etgani taxmin qilinmoqda. Bu raqam faqat Eron tomonidan uchirilgan raketalarni urib tushirish uchun sarflangan mudofaa xarajatlari ekaniga e’tibor qaratgan Aminah raketa zarbasi joylarida raketalar keltirgan zarar bu raqamga kiritilmaganini ta’kidladi.

U Isroil tomonidan ishlab chiqilgan Arrow anti-ballistik raketa tizimining har bir uchirilishining 3,5 million dollarga tushganini bildirdi va Eron dronlarini urib tushirish uchun havoga ko‘tarilgan samolyotlarning ham alohida xarajati borligini qayd etdi.

Isroil armiyasi voizi Daniel Hagariy Eronning Isroilga qilgan hujumlari bilan bog‘liq matbuot anjumanida Erondan Isroilga qarata 200 dan ortiq uchuvchisiz samolyot va ballistik raketa uchirilganini aytgandi.

Eron va Isroil ziddiyatining keskinlashuvi

1 aprel kuni Isroil Damashqdagi Eron konsulligi binosiga havo hujumi uyushtirdi. Hujum oqibatida Eron inqilobi qo‘riqchilari korpusining 7 nafar a’zosi halok bo‘ldi, ulardan ikki nafari general darajasida edi.

Eron Isroilning konsullikka hujumi o‘z hududiga qilingan hujum ekanini va u o‘ch olishini aytdi.

Isroil ham Eron hujumlariga javob berishini e’lon qildi.

14 aprelga o‘tar kechasi Eron Isroilga yuzlab kamikadze dronlari, ballistik va qanotli raketalar bilan hujum uyushtirdi va ba’zi harbiy nishonlarga zarba berilganini aytdi.

Isroil hujumlarning aksariyati havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan to‘xtatilganini bildirdi, biroq bitta raketa mamlakat janubidagi harbiy bazaga tegdi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq CNN telekanali isroillik rasmiyga tayanib, Isroil Eron hujumiga javob berish niyatida ekani, hozirda javob ko‘lami aniqlanayotganini xabar qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made