Eron buzilgan harbiy ob’ektlarni bir necha soatda tiklashni o‘rgandi
Olam
−
04 aprel 12288 2 daqiqa
Eron Amerika va Isroil zarbalaridan so‘ng yerosti bunkerlari va raketa shaxtalarini bir necha soat ichida tiklamoqda. Bu haqda AQSH razvedkasi hisobotlariga tayanib, “The New York Times” (NYT) xabar berdi.
Hujjatdan kelib chiqadiki, Tehron katta miqdordagi raketalar va mobil uchirish qurilmalarini saqlab qolgan. Bu esa harbiy kampaniyaning asosiy maqsadlaridan biri – Eronning raketa salohiyatini yo‘q qilish amalga oshganini shubha ostiga qo‘yadi.
Pentagon yaqinda Eron hujumlari shiddati pasayganini aytib, buni Tehron arsenalining kamaygani bilan bog‘lagan. Biroq razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, Eron urush cho‘zilgan taqdirda yoki u tugaganidan keyin bosim o‘tkazish qobiliyatini saqlab qolish uchun ko‘plab uchirish qurilmalarini bunkerlar va g‘orlarda yashirib kelmoqda.
AQSH razvedkasi hisobotlari bilan tanish bo‘lgan rasmiylarga ko‘ra, Tehron qolgan ballistik raketalar va uchirish qurilmalaridan Isroil va mintaqadagi boshqa mamlakatlarga zarba berish uchun foydalanish imkoniyatini saqlab turibdi. Bundan tashqari, Eron “yolg‘on nishonlar”dan faol foydalanmoqda, shu sababli AQSH vayron qilingan qurilmalarning qanchasi haqiqiy ekanligini aniq ayta olmayapti.
NYT qayd etishicha, hujumlar shiddati pasayganiga qaramay, Eron Isroil va AQSH bilan bog‘liq ob’ektlarga kuniga 15 tadan 30 tagacha ballistik raketa va 50 tadan 100 tagacha kamikadze dronlarini uchirishda davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron mamlakat havo hujumidan mudofaa tizimlari A-10 Thunderbolt II va F-15E qiruvchi samolyoti urib tushirilganini e’lon qilgan edi. AQSH tomoni ham bitta jangovar samolyot yo‘qotilganini tasdiqlagan. Ekipajdan bir nafari qutqarilgan, ikkinchi uchuvchining taqdiri hozircha noma’lum.
Live
Barchasi