Eron Isroilga yana raketa otdi. Qurbonlar bor (video)

Olam

image

Eron Isroilga qarshi navbatdagi raketa hujumini amalga oshirdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, uch kishi halok bo‘lgan, yana bir necha kishi jarohatlangan. Bu haqda “The Times of Israel” nashri xabar berdi.

Avvalroq, AQSH Prezidenti Donald Tramp Eron va Isroil o‘rtasida 12 soatlik o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilganini e’lon qilgandi. Biroq Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi ayni paytda Isroil bilan o‘t ochishni to‘xtatish yoki harbiy harakatlarni to‘xtatish haqida hech qanday kelishuv mavjud emasligini ma’lum qildi. Shuningdek, u Isroil Tehron vaqti bilan 04:00 dan kechiktirmay o‘t ochishni to‘xtatsa, Eron ham bunga amal qilishini aytgan.

Keyinroq, Isroil armiyasi (SAXAL) o‘zining Telegram-kanalida yangi raketa hujumi haqida xabar berdi.

“Biroz oldin Isroilning bir necha hududida Eron hududidan uchirilgan raketalar aniqlangach sirenalar yangradi. Aholi frontorti qo‘mondonligi ko‘rsatmalariga amal qilishi kerak. Hozirda Isroil havo kuchlari tahdidni bartaraf etish maqsadida zarur hududlarda harakat olib bormoqda”, deyiladi bayonotda.

“The Times of Israel” nashri xabariga ko‘ra, Eron tomonidan oltita ballistik raketa uchirilgan. Hujum oqibatida Beer-Sheva shahridagi ko‘p qavatli uy jiddiy zarar ko‘rgan, olti kishi halok bo‘lgan, bir nechta odam jarohat olgan.

Bungacha Eron Qatardagi AQSH harbiy bazalariga hujum qilgan edi, shuningdek, Iroqda joylashgan AQSH bazasini ham nishonga olgan. Ushbu harakatlarga javoban Qatar Eronning o‘z hududidagi harbiy bazaga zarbasini keskin qoralab, to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob berish huquqiga egaligini bildirgan. Saudiya Arabistoni esa Qatar bayonotini qo‘llab-quvvatlagan.

Shundan so‘ng, mintaqadagi vaziyat keskinlashgani sababli qator davlatlar o‘z havo hududlarini yopdi.

Qayd etish joiz, bu Eronning so‘nggi zarbasi bo‘lishi mumkin. Chunki Tramp e’lon qilgan sulhga ko‘ra, Isroil va Eron 12 soatga to‘liq va butkul o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lgan (taxminan 6 soatdan keyin, Isroil va Eron o‘zlarining hozirgi, yakuniy missiyalarini yakunlaganlarida!), shundan so‘ng urush tugagan deb hisoblanadi!. Uning ushbu posti Toshkent vaqti bilan 03:00 da e’lon qilingan. Uning qayd etishicha, Eron rasman sulhni boshlaydi, 12 soatdan keyin Isroil o‘t ochishni to‘xtatadi, 24-soatda esa “dunyo 12 kunlik urushning rasman yakunlanganini kutib oladi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh raketa Eron-Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing