Eron nega isroillik milliarderga tegishli kemani qo‘lga olganini aytdi

Olam

image

Avvalroq, Eron Hurmuz bo‘g‘ozida Portugaliya bayrog‘i ostida suzayotgan MSC Aries konteyner tashuvchi kemani qo‘lga olgani haqida xabar bergandik. 

Eron TIV rasmiy vakili Nosir Kananining ma’lum qilishicha, isroillik milliarder Eyal Oferning Zodiac Group kompaniyasi tarkibiga kiruvchi Londonning Zodiac Maritime kompaniyasiga tegishli kema dengiz qonunchiligini buzgan. 

"Biz Hurmuz bo‘g‘ozi va Fors ko‘rfazida yuk tashish xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha doimiy ish olib boryapmiz. Biroq, yuqorida tilga olingan kema dengiz qonunchiligiga rioya qilmagani va Eron rasmiylarining so‘rovlarini e’tiborsiz qoldirgani uchun qo‘lga olindi", deydi Kanani matbuot anjumanida.

Uning aytishicha, Eron "strategik bo‘g‘ozda kemalarning barcha harakatlarini" kuzatib boradi va mamlakat suvereniteti buzilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Shunga qaramay, Islom Respublikasi "Hurmuz bo‘g‘ozida xalqaro standartlarga muvofiq suzish erkinligi tarafdori" ekani qo‘shimcha qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made