Eron terma jamoasining mashg‘ulot bazasi yaqinidan jasad topildi (video)

Sport

image

Eron terma jamoasining Meksikaning Tixuana shahridagi mashg‘ulot bazasi yaqinida fojiali holat qayd etildi. Bu haqda “Actu Foot” nashri xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, Eron terma jamoasining mashg‘ulot bazasi yaqinida chirigan inson jasadi topilgan. Ushbu jasad qora sumkaga o‘ralgan bo‘lib, unda zo‘ravonlik izlari mavjudligi aytilmoqda. Mahalliy huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari voqea holatlarini tekshirmoqda va marhumning shaxsi sir saqlanmoqda. Holat yuzasidan hozircha qo‘shimcha ma’lumotlar oshkor etilmagan.

Ma’lumot uchun, Eron terma jamoasi Misr, Belgiya va Yangi Zelandiya bilan birga “G” guruhidan o‘rin olgan. Jamoa musobaqadagi ishtirokini 15 iyun kuni Los-Anjelesda Yangi Zelandiyaga qarshi bahs bilan boshlaydi. Keyinchalik, 21 iyun kuni Belgiyaga qarshi, 26 iyun kuni esa Sietl shahrida Misrga qarshi maydonga tushadi.


Maqola muallifi

Teglar

jasad Eron Meksika

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing