Eron va AQSH kelishuvi o‘zgardi – OAV
Olam
−
08:55 4576 1 daqiqa
Eron va AQSH o‘rtasida mojaroni tartibga solishga qaratilgan kelishuv loyihasi so‘nggi kunlarda bir qator o‘zgarishlarga uchradi va hali yakuniy tarzda tasdiqlanmagan. Bu haqda Eronning “Tasnim” xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, hujjat matni hali kelishib olinmagan. Shu sababli G‘arb nashrlari tomonidan “dastlabki variant” sifatida e’lon qilingan matnlar haqiqatga to‘liq mos kelmaydi.
“So‘nggi bir necha kun ichida memorandum matniga ayrim o‘zgartirishlar kiritildi”, degan agentlik suhbatdoshi.
Avvalroq, “Axios” AQSH va Eron muzokarachilari o‘zaro anglashuv memorandumi loyihasini kelishib olgani, hujjat esa AQSH Prezidenti Donald Trampning tasdig‘ini kutayotgani haqida xabar bergan edi.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, kelishuv o‘t ochishni to‘xtatish rejimini uzaytirish hamda Eron yadroviy dasturi bo‘yicha muzokaralarni boshlashni nazarda tutadi.
Live
Barchasi