Eron yadro qurolidan voz kechishga rozi bo‘ldi – Tramp

Olam

image

Eron yadro qurolidan voz kechishga rozilik berdi. Bu haqda AQSH Prezidenti Donald Tramp “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida so‘z ochdi.

Oq uy rahbari tomonlar yaxshi bitim tuzishga yaqin ekanini, biroq eng foydali shartlarga erishish uchun shoshilish niyatida emasligi sababli muzokaralar jarayoni sekin ketayotganini qayd etgan.

“Biz juda yaxshi kelishuvga yaqinmiz, agar uni imzolashning uddasidan chiqsak – a’lo. Aks holda, biz shunchaki Mudofaa vazirligini yana ishga solamiz”, deydi Tramp.

Shuningdek, u Eron yadro qurolidan voz kechishga rozi bo‘lganini da’vo qilmoqda.

Trampning tushuntirishicha, avval Eron tomoni yadro qurolini ishlab chiqmasligini aytgan, biroq uni sotib olish imkoniyati haqidagi savol aniqlashtirilganidan so‘ng, jumla o‘zgartirilgan: endilikda unga ko‘ra, Eron “harbiy qurolni ishlab chiqmaydi va hech qanday yo‘l bilan sotib olmaydi”.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Axios” ikki nafar AQSH mulozimi va vositachilik harakatlarida qatnashayotgan mintaqaviy manbaga tayanib, AQSH va Eron muzokarachilari ikki oylik muddatga o‘t ochishni to‘xtatish, Tehronning yadroviy dasturi bo‘yicha muzokaralarni boshlash hamda Hormuz bo‘g‘ozini blokdan chiqarishni nazarda tutuvchi “60 kunlik memorandum”ni kelishib olgani haqida xabar bergan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Donal'd Tramp yadro quroli

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing