Eron Jahon chempionati qur’asida qatnashadi
Sport
−
04 dekabr 1750 1 daqiqa
Eron futbol federatsiyasi 2026 yilgi Jahon chempionati qur’a tashlash marosimida ishtirok etish bo‘yicha avvalgi qarorini qayta ko‘rib chiqdi va marosimga ikki vakilini yuborishga qaror qildi. Bu haqda “Tehran Times” nashri xabar berdi.
Oldinroq federatsiya ikki yuqori lavozimli amaldorga viza berilmagani sababli marosimni boykot qilishini e’lon qilgan edi. Endi Eron qur’aga terma jamoasi bosh murabbiyi Amir Galenoyi va federatsiya xalqaro aloqalar bo‘limi rahbari Omid Jamoliyni yuboradi.
Shu tariqa Eron delegatsiyasi joriy yilning 5 dekabr kuni Vashingtonda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati guruh bosqichi qur’a marosimida qatnashadi.
Ma’lumot uchun, Eron Jahon chempionati saralashida O‘zbekiston bilan bir guruhda o‘ynab, shu yilning mart oyida o‘tkazilgan uchrashuvlar natijasida final bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan edi. Eron terma jamoasi Jahon chempionati qur’asida 2-savatchadan o‘rin egallaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron futbol federatsiyasi AQSH delegatsiyaning bir necha a’zolariga viza berishdan bosh tortgani sababli Vashingtonda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati final bosqichiga qur’a tashlash marosimini boykot qilgan edi.
Live
Barchasi