Eronda ISHIDga aloqador 2 kishi qatl etildi 

Olam

image

Eron 3 yil oldin ziyoratchilar avtobusidagi portlashda aybdor deb topilgan ikki kishini qatl etdi. Jinoyatchilar “Islomiy davlat” (ISHID)ga aloqador deb topilgan. Bu haqda bugun, 24 yanvar kuni “The Times of Israel” xabar berdi.

Qayd etilishicha, terroristik hujum ISHID terrorchilik guruhi bilan bog‘liq bo‘lgan. Portlash oqibatida yosh bola halok bo‘lgan va yana bir necha kishi jarohatlangan. Hodisa 2023 yil avtobus Tehrondan Iroq bilan chegaradosh Ilam viloyatiga ketayotgan paytda sodir bo‘lgan. 

Qatl etilgan shaxslar avtobusga portlovchi moslama qo‘yganlikda ayblangan. Osloda joylashgan Eron inson huquqlari guruhi va Vashingtonda joylashgan Eron inson huquqlari markazi direktori Abdurahmon Boroumand 2025 yilda qatl etilganlar sonini 1000 dan ortiq deb baholagan. Boroumandning so‘zlariga ko‘ra, Eron har bir qatl haqida hisobot bermagani uchun bu raqam ko‘proq bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq BMTning Inson huquqlari bo‘yicha idorasi 2025 yilda dunyo bo‘ylab qatl etishlar soni keskin oshganini qayd etgandi. Statistikaga ko‘ra, Eron 2025 yilda kamida 1500 kishini qatl etgan bo‘lib, ularning kamida 47 foizi giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyatlar uchun jazolangan.


Maqola muallifi

Teglar

IShID Eron BMT qatl etildi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing