Erondagi urush fonida TIV rahbarlari Istanbulda yig‘iladi
Olam
−
07 mart 3255 1 daqiqa
Bugun, 7 mart kuni Turkiyaning Istanbul shahrida Turkiy davlatlat tashkilotiga a’zo mamlakatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining norasmiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Hürriyet” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, uchrashuvga Turkiya Tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan mezbonlik qiladi. Unda tashkilotga a’zo davlatlar – Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston tashqi ishlar vazirlari hamda tashkilot bosh kotibi ishtirok etadi.
Manbalarga ko‘ra, Fidan turkiy dunyoni AQSH, Isroil va Eron ishtirokidagi davom etayotgan mojarolar, shuningdek, uchinchi davlatlarga qaratilgan hujumlar masalasida umumiy pozitsiya shakllantirishga chaqirishi kutilmoqda.
Yig‘ilishda mintaqaviy va global vaziyat, turkiy davlatlar o‘rtasidagi siyosiy muloqotni mustahkamlash, institutsional hamkorlikni rivojlantirish hamda turkiy dunyo integratsiyasini chuqurlashtirishga qaratilgan qo‘shma tashabbuslar muhokama qilinadi.
Tadbir doirasida vazirlar o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuvlar ham bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an tashrif buyurib, vazirlar uchun rasmiy qabul marosimi o‘tkazishi kutilmoqda.
Qayd etish joiz, mazkur yig‘ilish Eronning Ozarbayjon hududiga uyushtirgan hujumi ortidan mintaqada keskinlik kuchaygan bir paytda o‘tkazilmoqda. Shu sababli uchrashuvda xavfsizlik masalalari va vaziyat yuzasidan turkiy davlatlarning muvofiqlashtirilgan pozitsiyasi ham muhokama qilinishi kutilmoqda.
Live
Barchasi