Ertadan metan “zapravka”lar faoliyati qayta tiklanadi
Olam
−
12:38 6670 1 daqiqa
Erataga, 14 martdan boshlab O‘zbekistonda metan “zapravka”lar ishi bosqichma-bosqich qayta tiklanadi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 13 mart kuni metan “zapravka”lar faqat ijtimoiy soha ob’ektlariga xizmat ko‘rsatuvchi va jamoat transporti uchun faoliyat yuritadi. 14 mart, shanba kunidan boshlab metan “zapravka”lar faoliyati bosqichma-bosqich qayta tiklanadi.
Shaxobchalar ish vaqti bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishi ma’lum qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 12 mart kuni metan “zapravka”lar faqatgina ijtimoiy soha va jamoat transporti uchun faoliyat yuritishi haqida xabar berilgandi. Mazkur chora aholi va ijtimoiy soha ob’ektlarini barqaror gaz ta’minoti bilan ta’minlashga qaratilgani qayd etilgan.