Ertaga qaysi hududlarda yomg‘ir yog‘ishi aytildi

Bu qiziq

image

O‘zgidromet O‘zbekiston hududida 9 may kuni kuzatilishi mumkin bo‘lgan ob-havo prognozini e’lon qildi. 

Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18-20 daraja, kunduzi 27-39 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 22-27 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi.

Shuningdek, Toshkent, Jizzax va Sirdaryo, Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 24-29 daraja bo‘ladi.
 
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 23-28 daraja, ba’zi joylarda 30-32 darajagacha bo‘ladi.
 
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida esa havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 28-33 daraja bo‘ladi.

Bundan tashqari, respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida (2000 m dan yuqorida) qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 15-20 daraja bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo O'zbekiston O'zgidromet

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made