Etnik tozalash va genotsidning qonli sahifasi. Xo‘jali qirg‘iniga 34 yil to‘ldi (fotoreportaj)

Olam

image
Xo‘jali qirg‘ini yoxud Qorabog‘dan eshitilayotgan dahshat ovozi north_east

Xo‘jali qirg‘ini yoxud Qorabog‘dan eshitilayotgan dahshat ovozi

SSSR parchalangach, 1992 yilning boshlariga kelib Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyat o‘ta og‘ir tus oldi. Xo‘jali shahri Qorabog‘ning qoq markazida joylashgani, butun hudud uchun “kalit” vazifasini o‘tagani, o‘zining strategik joylashuvi – mintaqada yagona aeroportga ega ekanligi va muhim yo‘llar chorrahasida turgani sababli arman birlashmalari uchun asosiy nishonga aylandi. Shahar bir necha oy davomida qamalda qoldi, elektr energiyasi, suv va oziq-ovqat ta’minoti butunlay uzib qo‘yildi. Bugun ushbu qirg‘inning chizgilariga nazar tashlaymiz.

1992 yil 25 fevraldan 26 fevralga o‘tar kechasi arman qurolli kuchlari Rossiya 366-mototeka polkining yordami bilan o‘z davlatidan himoyasiz aholining ustiga har tomonlama hujum boshlaydi. Sovuq qish kechasida shahar aholisi – keksalar, ayollar va bolalar o‘z uylarini tashlab, qorli o‘rmonlar orqali najot izlab qochishga majbur bo‘ldi. Biroq qochqinlar “ochiq koridor” va’da qilingan yo‘llarda arman harbiylari tomonidan pistirmaga olinadi. 

Bundan ko‘rinadiki, ushbu harakat shunchaki harbiy bosqin emas, balki etnik tozalash edi. Qurolsiz aholi vahshiylarcha qiynoqqa solinadi, ko‘plab insonlar tiriklayin yoqib yuboriladi. Hatto Xo‘jali qurbonlarining jasadlari bugungacha to‘liq topilmagani va har yili ular haqida yangi tafsilotlar ochilayotgani bu qirg‘inning ko‘lami naqadar keng ekanini namoyon qiladi.

O‘sha mudhish kechada 613 tinch ozarbayjonlik aholi, jumladan, 63 nafar bola, 106 nafar ayol, 70 nafar keksalar qatl qilinadi. 8 ta oila butunlay yo‘q qilinib, 25 bola har ikki ota-onasini, 130 bola esa birini yo‘qotdi. Qolaversa, 76 nafar bola, jami 487 kishi yaralandi. 1275 kishi asirga olinadi, 150 kishi, jumladan, 68 ayol va 26 bolaning taqdiri hozirgacha noma’lum.

Arman millatchi kuchlarining maqsadi hududni ozarbayjonliklardan butunlay “tozalash” edi. Xo‘jalida amalga oshirilgan vahshiyliklar (qiynoqlar, ayollar va bolalarni o‘ldirish) boshqa ozarbayjon aholi punktlarini qo‘rqitish va ularni o‘z uylarini tashlab chiqishga majbur qilish uchun qilingan. Bu “dahshat orqali haydash” taktikasi edi.

Qolaversa, arman ideologlari “Dengizdan dengizgacha Buyuk Armaniston” (sharqda Kaspiy dengizi, shimoli-g‘arbda Qora dengiz, janubi-g‘arbda O‘rta yer dengizi) yaratish yo‘lida Ozarbayjon tuproqlarini bosib olishni tarixiy missiya deb bilishgan. Xo‘jali bu yo‘ldagi eng katta to‘siqlardan biri hisoblangan.

Hozirda dunyoning 15 dan ortiq mamlakati va AQSHning 22 shtati Xo‘jali qirg‘inini tan olgan. Ozarbayjonliklar har yili fevral oyida “Xo‘jaliga adolat” kampaniyasi doirasida bu jinoyat aybdorlarini xalqaro sud javobgarligiga tortishni talab qilib keladi.

Mamlakat Prezidenti Ilhom Aliyev Xo‘jali fojiasi “arman millatchilarining uzoq yillik etnik tozalash siyosatining eng cho‘qqisi” ekanini ta’kidlab keladi.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon Ilhom Aliev genotsid Xo'jali Armaniston Qorabog' Xo'jali fojiasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing