Hafta boshida ob-havo qanday bo‘lishi aytildi
Bu qiziq
−
31 may 5908 2 daqiqa
O‘zgidromet joriy yilning 2-4 iyun kunlari kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 iyunda 17-22 daraja, 3-4 iyunda 20-25 daraja, kunduzi 2-3 iyunda 35-40 daraja, 4 iyunda 33-38 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyalarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 iyunda 15-20 daraja, 3-4 iyunda 18-23 daraja, kunduzi 2-3 iyunda 34-39 daraja, 4 iyunda 35-40 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-3 iyunda kechasi 15-20 daraja, kunduzi 30-35 daraja, 4 iyunda kechasi 17-22 daraja, kunduzi 33-38 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 2-3 iyunda 34-39 daraja, 4 iyunda 35-40 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 2 iyunda 27-32 daraja, 3-4 iyunda 30-35 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 2 iyunda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. 3-4 iyunda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 2-3 iyunda 20-25 daraja, 4 iyunda 23-28 daraja bo‘ladi.
Live
Barchasi