Farg‘ona va Andijonda tashkilot yerini pullamoqchi bo‘lgan mansabdorlar ushlandi
3-sahifa
−
10:18 1164 2 daqiqa
Farg‘onada 40,5 ming, Andijonda esa 15 ming AQSH dollariga davlat tashkilotiga tegishli bo‘lgan yerlarni noqonuniy tarzda pullamoqchi bo‘lgan mansabdorlar qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar qildi.
O‘nga ko‘ra, Farg‘ona vodiysi magistral kanallardan foydalanish boshqarmasi 2-Shahrixon bo‘limi 3-gidrouchastkasi boshlig‘i chorvachilik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroga katta Farg‘ona kanali himoya hududidagi 30 sotix yer maydonini ijara asosida foydalanishi uchun mansabdor tanishlari orqali rasmiylashtirmoqchi bo‘lgan. Bu ishi evaziga esa, 3-gidrouchastkasi boshlig‘i fuqarodan 40,5 ming AQSH dollari talab qilgan. U oldindan 20 ming dollar olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, mazkur noqonuniy ishga Farg‘ona vodiysi magistral kanallardan foydalanish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i ham aloqador ekanligi aniqlangan. Tezkor tadbir davom ettirilib, 20 ming dollardan 3 ming dollarni olgan vaqtida uning noqonuniy harakati fosh etilgan.
Bundan tashqari, ushbu yer maydonidan ijara asosida foydalanib kelayotgan Farg‘ona vodiysi magistral kanallardan foydalanish boshqarmasi 2-Shahrixon bo‘limi 3-gidrouchastkasi xodimi yerni berish uchun 19 ming AQSH dollari talab qilganligi holati ham tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.
Berilgan axborotga ko‘ra, Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanidagi ta’lim muassasasi direktori ham xizmat mavqeidan foydalanib, mazkur muassasa hududidagi 1,1 gektar yer maydoni xususiy avtomaktab tomonidan auksion orqali yutib olingan bo‘lishiga qaramay, ushbu mas’uliyati cheklangan jamiyat va ta’lim muassasasi o‘rtasida tuzilgan kelishuv shartnomasini tasdiqlab berish evaziga 15 ming AQSH dollari talab qilib, oldindan 10 ming dollar olgan vaqtida qo‘lga olingan.
Bildirilishicha, hozirda har ikki holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Parkent tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘inlaridan birining raisi va yana boshqa bir shaxs davlat zaxirasidagi yerni noqonuniy sotmoqchi bo‘lganda ushlangan edi.
Live
Barchasi