Farg‘onada 6 mlrd so‘mlik gazni o‘margan sex aniqlandi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida joylashgan MCHJlardan biri 6 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Qo‘qon shahridagi “X.F.” MCHJga qarashli mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish sexida tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, noqonuniy foydalanib kelinayotgani aniqlangan.

Mutaxassislarning dastlabki xulosalariga ko‘ra, jamiyat tomonidan 6 mlrd so‘mlik 2,1 mln kub metr tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq joriy yilning iyun oyida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanishlar oqibatida tizimga 135,6 milliard so‘mlik zarar yetkazilgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

gaz MChJ Qo'qon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing