Farg‘onada 7-sinf o‘quvchisi otasining Kia’sini devorga urdi (video)

3-sahifa

image

Joriy yilning 23 may kuni Farg‘ona viloyatining Buvayda tumanida 2012 yilda tug‘ilgan bola otasining avtomobilida avtohalokatga uchradi. Bu haqda Yo‘l harakati xavsizligi xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 15:00 larda Buvayda tumani “Tepalik” MFY Ehtirom ko‘chasida 7-sinf maktab o‘quvchisi G‘.A. otasi G‘.K. ga tegishli Kia Sorento rusumli avtomobilni ruxsatsiz boshqarib chiqqan. U mahalla hududida tezlikni oshirib, transport vositasi boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘l-transport hodisasini sodir etgan.

Bildirilishicha, hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan, transport vositasi texnik shikastlangan. Hozirda ushbu holat yuzasidan Buvayda tumani IIB JXX YHXG xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida Damas va Nexia o‘rtasida uyushtirilgan poygada ikki kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona avtohalokat Buvayda Kia Sorento

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing