Farg‘onada bojxona posti boshlig‘i pora bilan ushlandi (video)

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatidagi chegara-bojxona postlaridan birining boshlig‘i pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu mansabdor o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, fuqaroning Qirg‘izistondan olib kelgan 80 dona Iphone-16 rusumli uyali telefon apparatlarini tegishli rasmiylashtiruvlarsiz bojxona postidan noqonuniy o‘tkazib bergani evaziga 5000 dollar hamda 1 dona Iphone-16 Pro telefonini talab qilgan.

DXX tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda bojxona organlari podpolkovnigi ushbu pul va telefonni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda mazkur mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onada Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi bosh mutaxassisi 2 ming dollar olgan vaqtida, Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i esa 3,5 ming dollar bilan qo‘lga tushgandi.


Maqola muallifi

Teglar

DXX Farg'ona bojxona posti pora olish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing