FIFA JCH uchun mukofot pullarini e’lon qildi: O‘zbekiston qancha ishlab olishi mumkin?

Sport

image

Kecha, 17 dekabr kuni FIFA Jahon Chempionati doirasida rekord darajadagi 727 million dollar miqdoridagi moliyaviy mablag‘ taqsimlanishini ma’qulladi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.

FIFA 2026 yilgi Jahon chempionati uchun mukofot pullarini avvalgi turnirga nisbatan qariyb 50 foizga oshmoqda. Shimoliy Amerikada bo‘lib o‘tadigan turnir uchun ajratilgan mablag‘ning eng katta qismi 655 million dollar 48 ta ishtirokchi terma jamoaga ularning natijalariga qarab to‘lanadi. Jahon chempioni 50 million dollar, finalchi esa 33 million dollar mukofot puli oladi.

FIFA prezidenti Janni Infantino ushbu qarorni izohlar ekan, 2026 yilgi Jahon chempionati nafaqat sport, balki moliyaviy jihatdan ham tarixiy ahamiyatga ega bo‘lishini ta’kidladi.

Guruh bosqichidan chiqa olmagan 16 ta terma jamoa 9 million dollardan mukofot oladi. Bundan tashqari, turnirga yo‘l olgan har bir davlat terma jamoasi tayyorgarlik xarajatlarini qoplash uchun qo‘shimcha 1,5 million dollar bilan ta’minlanadi. Shunda O‘zbekiston milliy terma jamoasi eng kamida 10,5 million dollarni qo‘lga kiritadi. Agar O‘zbekiston guruh bosqichidan chidagan bo‘lsa, bu pullar ko‘payadi.

Shuningdek, FIFA Kengashi 2026 yilda barcha a’zo assotsiatsiyalar uchun ochiq bo‘lgan 15 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar ishtirokidagi festival uslubidagi yoshlar turnirlarini yo‘lga qo‘yishni tasdiqladi. 2027 yilda esa o‘g‘il bolalar, keyinchalik qizlar o‘rtasidagi alohida musobaqalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, FIFA Kengashi 2028 yilgi ayollar miqyosidagi klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati 5 yanvardan 30 yanvargacha bo‘lib o‘tishini ham rasman tasdiqladi.


Maqola muallifi

Teglar

Janni Infantino Jahon Chempionati FIFA

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing