Filippinda chiqindi poligoni odamlarni bosib qoldi (video)
Olam
−
09 yanvar 3062 1 daqiqa
Filippinning markaziy qismida joylashgan chiqindi poligonida chiqindi uyumi o‘pirilib, odamlarni bosib qoldi. Hodisa oqibatida kamida bir kishi halok bo‘lgan, o‘nlab odamlar esa bedarak yo‘qolgan. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea kecha, 8 yanvar kuni Filippinning Sebu shahrida joylashgan “Binaliw” nomli chiqindi poligonida sodir bo‘lgan. Hodisa yuz bergan paytda poligonda 110 nafar ishchi bo‘lgan. Baxtsiz hodisa oqibatida kamida bir kishi halok bo‘lgani, 38 nafar shaxs bedarak yo‘qolgan.
Sebu shahri meri Nestor Arxival Facebook’dagi sahifasida poligon hududida qidiruv-qutqaruv ishlari davom etayotganini bildirgan. Uning aytishicha, voqea joyiga tabiiy ofatlarga javobgar bo‘linmalar, politsiya, o‘t o‘chirish brigadalari, harbiylar hamda tez tibbiy yordam xizmatlari safarbar etilgan.
“Hozirda bedarak yo‘qolganlarni qidirish va qurbonlarning oilalariga yordam ko‘rsatish masalalarida milliy agentliklar poligon bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Tolibon” nazoratidagi Kunar viloyatida urushdan qolgan portlovchi moddalarning portlashi oqibatida kamida 2 nafar mahalliy aholi vakili halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi