Folbinlik va sehr-jodu bilan shug‘ullangan erkak jazolandi

Olam

image

Tojikistonning Dushanbe shahrida 38 yoshli mahalliy turg‘un folbinlik va sehr-jodu bilan shug‘ullangani uchun jarimaga tortildi. Bu haqda kecha, 27 mart kuni Dushanbe shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, erkak o‘z yashash joyida fuqarolarni qabul qilib, moddiy manfaatdorlik evaziga folbinlik xizmatlarini ko‘rsatib kelgan.

Unga nisbatan Tojikiston Respublikasi Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeksining 482-moddasi bilan ma’muriy bayonnoma tuzilgan.

Sud qaroriga ko‘ra, erkakka 80 hisob ko‘rsatkichi miqdorida, ya’ni 6240 somoniy (taxminan 650 dollar) jarima tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yilning may oyida Tojikiston Jinoyat kodeksiga ham jodugarlik va fol ochish uchun modda kiritilgandi. Yangi 240-modda (“Jodugarlik va fol ochish”) bo‘yicha jinoiy javobgarlik, agar ushbu harakatlar xuddi shunday huquqbuzarlik uchun ma’muriy jazo qo‘llanilgan kundan boshlab bir yil ichida sodir etilgan bo‘lsa, yuzaga keladi.

2025 yilning avgustida esa mamlakatda folbin va sehrgarlarga murojaat qilganlik uchun ham ma’muriy javobgarlik joriy etildi. Xususan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 482-moddasiga “Sehrgar, folbin yoki jodugarning xizmatidan foydalanish” bandi kiritilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Folbinlik sehr-jodu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar