Fojiadan saboq: yong‘in paytida nimalar qilish kerak?
Tahlil
−
04 fevral 2310 2 daqiqa
Yong‘in – eng tez tarqaladigan va eng ayovsiz falokatlardan biri. U soniyalar ichida nafaqat moddiy boyliklarni, balki inson hayotini ham olib ketishi mumkin. So‘nggi paytlarda kuzatilayotgan yong‘in fojialari shuni ko‘rsatmoqdaki, ko‘plab holatlarda uning asosiy sababi beparvolik va xavfsizlik qoidalariga amal qilinmasligidir.
Bunday fojialarda eng avvalo, inson hayoti xavf ostida qoladi. Tutundan zaharlanish, kuyish, vahima sabab yuzaga keladigan tiqilinch holatlarda bolalar va keksalar olov ichida qolib ketishi mumkin.
Mutaxassislar fikricha, yong‘inlarning aksariyat qismini oldini olish mumkin. Buning uchun eng avvalo yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etish talab etiladi.
Elektr tarmoqlari, rozetkalar va isitish moslamalaridan foydalanishda me’yorlarga amal qilish muhim. Ortiqcha yuklama, sifatsiz jihozlar va vaqtida ta’mirlanmagan simlar yong‘inning asosiy sabablaridan biridir. Ayniqsa, bolalar maydonchalari va ko‘ngilochar maskanlarda bu masalaga ikki karra e’tibor qaratilishi lozim.
Shuningdek, aholining yong‘in paytida qanday harakat qilish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish ham muhim. Favqulodda vaziyatlarda sarosimaga tushmaslik, eng yaqin chiqish yo‘lini bilish va boshqalarga yordam berish ko‘plab hayotlarni saqlab qolishi mumkin.
Yong‘in kutilmaganda yuz beradi, ammo uning oldini olish har birimizning qo‘limizda. Bir lahzalik beparvolik ortidan katta fojia kelib chiqmasligi uchun mas’uliyatni his qilishimiz zarur. Har bir qoidaga amal qilish bu o‘zimiz va yaqinlarimizni asrash demakdir.
Video tafsilotlari bilan batafsil tanishish uchun QALAMPIR.UZ’ning YouTube’dagi sahifasi orqali ushbu reportajni tomosha qiling.
Live
Barchasi