Freestyle Chess Grand Slam Finals. Javohir Sindorov saralashni 1-o‘rinda yakunladi (video)

Sport

image

Kecha, 8 dekabr kuni Janubiy Afrika Respublikasining Keyptaun shahrida dunyoning kuchli grossmeysterlari ishtirokida mukofot jamg‘armasi 660 000 dollarni tashkil etuvchi Freestyle Chess Grand Slam turnirining saralash bahslari yakunlandi. Unda jahon kubogi sohibi Javohir Sindorov 1-o‘rin bilan saralash bahslarini yakunladi.

Yaqindagina Jahon Kubogi sohibi bo‘lgan Javohir Sindorov ushbu saralash bahslarida 1-turda jahon reytingi peshqadami norvegiyalik Magnus Karlsenni mag‘lub etganidan keyin eronlik Parham Maqsudlu hamda reytingda o‘zidan yuqorida turgan amerikalik Fabiano Karuanani ham yengishga muvaffaq bo‘ldi. Hindistonlik Arjun Ergaisi bilan durang o‘ynadi. Uch g‘alaba va bir durang qayd etib, 5,5 ochko jamg‘argan holda, 1-o‘rinni egalladi.  Endi Javohir Sindorov chorak finaldagi Parham Magsdogluga qarshi dona suradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindistonning Goa shahrida shaxmat bo‘yicha Jahon kubogi o‘z yakuniga yetgandi. Unda o‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindorov Jahon kubogi g‘olibligini qo‘lga kiritgandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev esa Javohir Sindorovga Prezident sovg‘asi – 3 xonali xonadon va “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvonini, uning murabbiylariga esa pul mukofotlarini topshirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Javohir Sindorov grossmeyster Freestyle Chess Grand Slam

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing