Fohishalikka Dubayga yuborilayotgan ayol O‘zbekistonda olib qolindi
Jamiyat
−
06 mart 2019
14188Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida joriy yilning 1 mart kuni huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Dubayga odam savdosi bilan bog‘liq jinoyat qayd etildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi, ya’ni odam savdosi jinoyatni sodir etganligi uchun sudlangan, 1971 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan M.T. “Toshkent” xalqaro aeroportida qo‘lga olingan.
U Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahriga bir nafar ayolni avvaliga 8000 AQSH dollari ishlab berish sharti bilan kelishib, shahvoniy maqsadlarda foydalanish uchun olib ketayotgani aniqlangan.
LiveBarchasi