Gattuzo o‘z muxlislarini keskin tanqid qildi

Sport

image

Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo kecha, 13 noyabr kuni Moldovaga qarshi Jahon chempionati saralash bosqichidagi o‘yinda 0:2 hisobida qo‘lga kiritilgan g‘alabadan keyin o‘z muxlislarini keskin tanqid qildi. Bu haqda “bein sports” nashri xabar berdi.

“Bu Italiyadagi eng yaxshi o‘yin bo‘lmagan deb aytyapsizmi? Men yigitlarning o‘yinni boshqarayotganini ko‘rdim. Moldova darvozaga birorta aniq zarba bera olmadi.

Agar kimdir Norvegiyaga qarshi 11:1 bo‘ladi deb o‘ylagan bo‘lsa, bu mening muammom emas. Oson o‘yin bo‘lmaydi. Bugun olomondan eshitgan tanqidlar meni xafa qildi. Aynan shunday paytda biz birdam bo‘lishimiz kerak”, deydi Gattuzo.

Shuningdek, Gatuzzo ba’zi muxlislarning futbolchilarga nisbatan qo‘pollik qilganini qattiq qoraladi:

“Uydan uzoqda o‘ynaymiz, ammo 500 ga yaqin muxlisning o‘z futbolchilarini haqorat qilayotganini eshitdik. Men buni qabul qilmayman”, deya qo‘shimcha qildi murabbiy.

Italiya terma jamoasi ushbu bahsda Janluka Manchini va Franchesko Pio Espositoning so‘nggi daqiqalardagi gollari evaziga g‘alaba qozondi. Ushbu natija bilan Italiya saralashning “I” guruhida ikkinchi o‘rinni saqlab qoldi, biroq Jennaro Gattuzo  shogirdlari joriy yilning 16 noyabr kuni peshqadam Norvegiya bilan bahsda kamida to‘qqizta to‘p farqi bilan mag‘lub etsagina 2026 yilgi Jahon chempionatiga avtomatik yo‘llanma olishi mumkin.

Agar Italiya Norvegiyani yirik hisobda mag‘lub eta olmasa, kelasi yil mart oyida UEFA pley-off bosqichida ishtirok etadi. Pley-offda 16 ta jamoa to‘rtta yo‘nalishga bo‘lingan holda final bosqichiga chiqish uchun kurashadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Liverpul” jamoasi yarim himoyachisi Federiko Keza Italiya terma jamoasining chaqiruvini rad etgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Moldova Italiya Gattuzo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing