Gavayidagi Kilauea vulqoni otildi (video)
Olam
−
17 fevral 1016 1 daqiqa
15 fevral kuni Gavayidagi Kilauea vulqoni otildi. Bu haqda “Euronews” xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 15 fevral kuni Kilauea vulqonining 2024 yil dekabr oyidan beri davom etayotgan faolligining 42-epizodi sodir bo‘lib, otilish kuzatilgan.
Vulqon otilishi mahalliy vaqt bilan soat 13:50 da Xalemaumau kraterida lava favvoralari ko‘tarilishi bilan boshlangan. Otilish kraterdagi ikkita asosiy teshikdan sodir bo‘lgan. Janubiy favvorada eng yuqori cho‘qqisida 400 metrga, shimoliyda taxminan 300 metr balandlikka yetgani aniqlangan. Jarayon jami 9 soat 48 daqiqa davom etgan. Otilish o‘sha kunning o‘zida, soat 23:38 da to‘satdan to‘xtagan. Ushbu qisqa vaqt ichida taxminan 11,4 million kub metr (15 million kub yard) lava otilib chiqqan va krater tubining 50 foizini qoplagan.
Qayd etilishicha, vulqon ustidagi kul va tutun ustuni dengiz sathidan 10 600 metr balandlikkacha ko‘tarilgan. Shimoli-sharqiy shamollar tufayli vulqon gazi va kuli asosan Janubi-g‘arbiy yo‘nalishdagi hududlarga tarqalgan.
Hozirda vulqon to‘xtash holatida. Faollik aholi punktlariga xavf tug‘dirmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Filippin vulqonshunoslik va seysmologiya instituti (Phivolcs) Mayon vulqoni bo‘yicha ogohlantirish darajasini besh bosqichli shkalada uchinchi darajaga ko‘tarilgani haqida xabar berilgandi.
Javohir Aliqulov
Live
Barchasi