Germaniya MTJ bazasidan zaharli ilonlar topildi
Sport
−
14:24 1575 1 daqiqa
Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Yoshua Kimmix AQSHda o‘tayotgan 2026 yilgi Jahon chempionati vaqtida jamoa bazasi hududida zaharli ilonga duch kelganini ma’lum qildi. Bu haqda u kecha, 16 iyun kuni matbuot anjumanida ma’lum qildi.
“Kecha ilonni ko‘rdik va bizga uning zaharli ekanini aytishdi. Agar u chaqsa, shifoxonaga borishga to‘g‘ri keladi. O‘lib qolishingiz mumkin, deb o‘ylamayman, ammo baribir xavfli. Agar shunday ilonlardan biriga tasodifan bosib qo‘ysangiz, oqibati yaxshi bo‘lmasligi mumkin degan hissiyot bor”, deydi Kimmix.
Ma’lumot uchun, Germaniya terma jamoasi Jahon chempionati guruh bosqichining birinchi turida Kyurasaoni 7:1 hisobida mag‘lub etgan edi. Nemislar navbatdagi uchrashuvini Kot-d’Ivuar terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2026 yilgi Jahon chempionati uchun AQSHning Kaliforniya shtati San-Diyego shahrida joylashgan Shveysariya terma jamoasi ilonlar sabab yangi qarorgoh qidirayotgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi