Germaniya pley-off bosqichiga chiqdi
Sport
−
03:05 3890 1 daqiqa
Bugun, 21 iyun kuni 2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati “E” guruhining 2-turidan o‘rin olgan Germaniya va Kot-d’Ivuar terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Uchrashuvda Germaniya terma jamoasi irodali o‘yin namoyish etib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi va pley-offga chiqish masalasini hal qildi.
Kanadaning Toronto shahridagi “Bimo Fild” stadionida bo‘lib o‘tgan bahsni paragvaylik hakam Xuan Gabriel Benites boshqarib bordi.
Hisob 30-daqiqada Kot-d’Ivuar yarim himoyachisi Frank Kesse tomonidan ochildi. Afrikaliklar birinchi bo‘limni ustunlik bilan yakunladi.
Ikkinchi taymda Germaniya bosimni kuchaytirdi va 68-daqiqada hujumchi Deniz Undav hisobni tenglashtirdi. Uchrashuv dramatik tarzda kechdi va qo‘shimcha vaqtning 90+4-daqiqasida yana o‘sha Undav gol urib, dubl muallifiga aylandi hamda jamoasiga g‘alaba keltirdi — 2:1.
Ikki turdan keyin Germaniya 6 ochko bilan “E” guruhi peshqadami bo‘lib turibdi. Kot-d’Ivuar esa 3 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Guruh bosqichining so‘nggi turida, 25 iyun kuni Germaniya Ekvadorga qarshi maydonga tushadi. Kot-d’Ivuar esa Kyurasao bilan bahs olib boradi.
O‘yinda kiritilgan gollarni ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Live
Barchasi