Germaniya Prezidenti O‘zbekistonga keladi
Jamiyat
−
09:06 2111 1 daqiqa
Germaniya Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer 15 iyun kuni Osiyo bo‘ylab besh kunlik safariga yo‘l oladi. U tashrif davomida Indoneziya, Filippin va O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda Germaniya Prezidenti matbuot xizmati ma’lum qildi.
Shtaynmayer safarda rafiqasi Elke Byudenbender hamda Germaniya biznes doiralari vakillaridan iborat delegatsiya hamrohligida qatnashadi.
Tashrifning so‘nggi manzili Toshkent bo‘ladi. Germaniya Prezidenti bu yerda Germaniyaning GP Günter Papenburg qurilish kompaniyasi filiali faoliyati bilan tanishishi rejalashtirilgan.
Tashrifning asosiy mavzularidan biri mehnat migratsiyasi va malakali kadrlar tayyorlash masalalari bo‘ladi. Germaniya tomonining ta’kidlashicha, O‘zbekiston Osiyo davlatlari orasida nemis tilini o‘rganuvchilar soni eng ko‘p bo‘lgan mamlakat hisoblanadi.
Shtaynmayer safarining avvalgi bosqichlarida Indoneziya va Filippinda ikki tomonlama munosabatlar, iqtisodiy hamkorlik va ijtimoiy masalalar muhokama qilinadi.
Live
Barchasi