Germaniya Prezidenti rafiqasi bilan O‘zbekistonga keldi

Jamiyat

image

Bugun, 17 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer rafiqasi hamrohligida O‘zbekistonga keldi. Bu haqda O‘zA xabar berdi. 

Qayd etilishicha, “Toshkent-Humo” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Ochilboy Ramatov va boshqa rasmiylar kutib olgan.

Rasmiy tashrif dasturiga muvofiq, ikki davlat rahbarlarining tor va kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralari bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston – Germaniya ko‘p qirrali munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.

Tomonlar savdo, sanoat kooperatsiyasi, energetika va “yashil” texnologiyalar, transport va logistika, farmatsevtika va kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi sohalarida amaliy hamkorlikni kengaytirish, ta’lim va gumanitar almashinuvlarni faollashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratadi.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb mavzular yuzasidan ham fikr almashiladi. Muzokaralar doirasida bir qator yangi qo‘shma loyiha va dasturlarni ishga tushirish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Albaniya Respublikasi Prezidenti Bayram Begay rafiqasi bilan O‘zbekistonga kelgan edi. Keyinroq Ko‘ksaroy qarorgohida Shavkat Mirziyoyev va Bayram Begay rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokara o‘tkazdi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Frank-Val'ter Shtaynmayer

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing