Gruziyada 5 nafar markaziy osiyolik qo‘lga olindi

Olam

image

Qozog‘iston Ichki ishlar organlari so‘rovlari bo‘yicha Gruziya tomonidan xalqaro qidiruvda bo‘lgan 5 nafar shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda “polisia.kz” xabar berdi.

Qayd etilishicha, ulardan to‘rttasi firibgarlik jinoyati bo‘yicha, biri esa giyohvand moddalarni noqonuniy aylanmasi bilan bog‘liq jinoyatlar bo‘yicha qidirilayotgan bo‘lgan.

Shuningdek, Batumi shahrida 37 yoshli Qozog‘iston fuqarosi qo‘lga olingan, u 2014–2020 yillarda Olmaotada uyushgan guruh tarkibida moliyaviy piramida faoliyatini yuritgan. Ular firmalar nomidan sarmoya qilinganini ko‘rsatib, aslida pulni piramida orqali aylantirgan. Fuqarolardan mablag‘lar jalb qilingan, lekin haqiqiy investitsiya faoliyati yo‘q bo‘lgan va to‘lovlar yangi ishtirokchilardan tushgan pullar hisobidan amalga oshirilgan.

Oqibatda 1451 fuqaro zarar ko‘rgan, umumiy zarar miqdori esa 10,4 milliard tenge (taxminan 276–287 milliard so‘m)dan oshgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Ust-Luga posyolkasidagi qurilish maydonida ommaviy mushtlashuvda ishtirok etgan Qozog‘iston fuqarolari hibsga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Gruziya qo'lga olindi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing