Guseyn Gasanov 7 yilga qamalishi mumkin
Madaniyat-san’at
−
04 yanvar 10602 1 daqiqa
170 mln rubl soliq to‘lamaganlikda ayblanayotgan bloger va biznes-trener Guseyn Gasanovning yakaa tartibdagi tadbirkorlik (YATT) faoliyatidan 61 ming rubl (taqriban 2 million 113 ming 400 AQSH dollari) qarzi bor. Bu haqda huquq-tartibot idoralariga tayanib TASS ma’lum qildi.
“Gasanovning soliq organi oldida uning YATT uchun 61 510 rubl miqdorida qarzi bor”, deydi huquq-tartibot idoralari xodimlari.
O‘tgan yilning may oyida blogerga Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 174-moddasi 4-qismi (jinoiy daromadlarni legallashtirish) bo‘yicha sirtdan ayblov e’lon qilingan.
Noyabr oyida 170 mln rubl soliq to‘lamaganlikda ayblanayotgan Gasanovga nisbatan yangi jinoiy ish qo‘zg‘atilgani sababli yana qidiruvga berilgan.
Moskvaning Chertanovo sudi 14 may kuni Gasanovni jinoiy daromadlarni legallashtirish ishi bo‘yicha sirtdan hibsga oldi. Unga Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 174-moddasi 4-qismi (jinoiy daromadlarni legallashtirish) bo‘yicha sirtdan ayblov e’lon qilingan. Bu modda bo‘yicha u yetti yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. Tergovchilarning aniqlashicha, Gasanov 2019-2021 yillarda 170 million rubldan ortiq soliq to‘lamagan. Bloger qidiruvga berilgan.
Live
Barchasi