Hayot Bank Qadriyatli konferensiyasi: O‘zbekistonda islomiy banking — biznes uchun imkoniyatlar
Biznes
−
30 aprel 4957 2 daqiqa
2026 yil 16 mayda Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida Hayot Bank tomonidan O‘zbekistonda islomiy banking (Islomiy bank tizimi) – mamlakat moliyaviy tarmog‘ining eng istiqbolli yo‘nalishlaridan birining rivojlanishiga bag‘ishlangan konferensiya o‘tkaziladi.
Tadbir “O‘zbekiston – kuchli brendlar yurti” shiori ostida o‘tadigan Brand Awards International 2026 mukofoti doirasida tashkil etiladi.
2026 yil 27 martda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida O‘RQ-1126-sonli Qonunni imzoladi. Hozirda islomiy moliyaviy vositalarni joriy etish uchun institutsional baza shakllantirilmoqda, u tadbirkorlar va investorlar uchun yangi imkoniyatlarni ochadi. Islomiy moliya bugungi kunda iqtisodiy o‘sishning muhim vositasiga aylanmoqda.
Konferensiya quyidagilarni bir maydonga birlashtiradi:
- O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki vakillari
- Yetakchi banklar va fintex-kompaniyalar
- Xalqaro ekspertlar
- Kichik, o‘rta va yirik biznes vakillari
Qatnashchilar asosiy trendlarni, eng yaxshi amaliyotlarni va mamlakatda islomiy banking rivojlanishi istiqbollarini, shuningdek uning moliyaviy tarmoq transformatsiyasidagi rolini muhokama qiladilar.
Dasturda:
- Tarmoq ekspertlari chiqishlari
- Islomiy banking rivojlanishidagi xalqaro tajriba
- Dolzarb masalalar bo‘yicha panel muhokamalari
Hayot Bank o‘z faoliyati boshidan an’anaviy va islomiy moliyaviy yechimlarni umumiy ekotizimda birlashtirgan yangi avlod banki sifatida namoyon bo‘lib kelmoqda. Bank biznes va aholi tomonidan ularning qadriyatlariga muvofiq keluvchi moliyaviy vositalarga talab yuqori ekanining shohidi bo‘lmoqda.
Hayot Bank Qadriyatli yo‘nalishini rivojlantirish – bu O‘zbekistonda to‘laqonli islomiy banking shakllanishiga qaratilgan strategik qadamdir.
“Biz shunchaki mahsulotlarni joriy etmaymiz – biz ushbu segmentni uzoq muddatli rivojlantirish uchun tizimli asosni yaratamiz. Vazifamiz – islomiy moliyaviy yechimlarni keng doiraga: tadbirkorlardan tortib to xususiy shaxslargacha tushunarli va hammabop qilish”, – dedi Odil Po‘latov, Hayot Bank Boshqaruv Raisi.
Islomiy moliya mahsulotlaridan biznesning o‘sishida foydalanish, moliyalash manbalarining diversifikatsiyasi va yangi bozorlarga chiqishga alohida e’tibor beriladi.
Islomiy banking – bu adolatlilik, shaffoflik va hamkorlik tamoyillariga asoslangan to‘laqonli moliyaviy tizimdir. Islomiy moliya spekulyativ amaliyotlarni istisno etib, bitimning barcha qatnashchilari o‘rtasida foyda va xatarlarning adolatli taqsimlanishini nazarda tutadi. Bu holat ushbu tizimni iqtisodiyotning transformatsiyalanishi va axloqiy moliyaviy vositalarga talabning o‘sib borishi sharoitida alohida jozibali qiladi.
Konferensiyada ishtirok eting va islomiy moliya O‘zbekiston biznesi va bank tarmog‘i uchun qanday yangi ufqlar ochishi haqida bilib oling!
Batafsil – saytda
Reklama huquqi asosida
Live
Barchasi