HONOR UFAning strategik hamkoriga aylandi

Biznes

image

Global texnologiya giganti HONOR va O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi (UFA) o‘rtasida uzoq muddatli strategik hamkorlik shartnomasi imzolandi. Tadbirda O‘zbekiston futbol hamjamiyati vakillari, blogerlar va OAV ishtirok etdi. Ushbu hamkorlik o‘zbek futbolini yangi cho‘qqilarga olib chiqish va milliy terma jamoaning global miqyosdagi nufuzini oshirish yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholanmoqda.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining mashg‘ulotlar bazasida bo‘lib o‘tgan tantanali marosimda tomonlar o‘zaro kelishuv memorandumi va ramziy shartnomani imzoladilar. Tadbirda UFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov, HONOR kompaniyasining O‘zbekistonda biznesni rivojlantirish menejeri Jing Xi hamda Yevroosiyo marketing Bosh direktori Tan Mingyang ishtirok etib, ushbu ittifoqning kelajakdagi maqsadlari haqida to‘xtalib o‘tdi.

“Futbol – bizning milliy madaniyatimizning ajralmas qismi. HONOR kabi global brendning terma jamoamizga ishonch bildirishi, o‘zbek futbolining xalqaro darajadagi nufuzi oshayotganidan dalolat beradi”, – deya ta’kidladi Ravshan Ermatov. 

Uchrashuv davomida ko‘plab bozorlarda mavjud bo‘lgan global texnologik brend – HONOR va O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘rtasidagi hamkorlik nima uchun yo‘lga qo‘yilganiga ham izoh berildi.

“O‘zbekiston uchun tarixiy davr keldi – u ilk bor yirik futbol musobaqasida qatnashadi! Bu voqea butun xalq uchun muhim ahamiyatga ega. Biz sun’iy intellekt qurilmalari ekotizimidagi global yetakchi kompaniya sifatida, ushbu jarayonga o‘z hissamizni qo‘shmoqchimiz. Maqsadimiz – milliy terma jamoani texnologik jihatdan qo‘llab-quvvatlash va mamlakat qudratini dunyoga ko‘rsatishdir. Biz birgalikda rivojlanishdan xursandmiz”, dedi HONOR kompaniyasining O‘zbekistonda biznesni rivojlantirish menejeri Jing Xi.

Hamkorlikning e’lon qilinishi HONOR’ning yangi N avlodi liniyasi taqdim etilishi bilan bir vaqtga to‘g‘ri keldi. Ushbu ittifoq doirasida Futbol assotsiatsiyasi vakillari va jamoaga HONOR N seriyasining yangi avlodi sovg‘a sifatida topshirildi.

Yaqin kunlarda muxlislarni HONOR va UFA hamkorligida maxsus aksiyalar, eksklyuziv kontentlar va qiziqarli loyihalar kutmoqda.

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

HONOR futbol O‘FA hamkorlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing