HONOR yana hayratda qoldirdi: yangi ultra-mustahkam HONOR X9d taqdim etildi!
Biznes
−
11 noyabr 5224 3 daqiqa
Global AI qurilmalar ekotizimi kompaniyasi HONOR bugun ko‘p kutilgan HONOR X9d smartfonini taqdim etdi – bu kompaniyaning mashhur X Series liniyasidagi yangi avlod.
Yuqori darajadagi bardoshlilik va to‘liq himoya
HONOR X9d — bozorning eng bardoshli smartfonlaridan biri bo‘lib, tushish, namlik va changdan to‘liq himoya bilan ta’minlangan. Qurilma sanoatda birinchi bo‘lib SGS Triple Resistant Premium Performance uch baravar bardoshlilik sertifikati va SGS 5-Star Comprehensive Reliability besh yulduzli bardoshlilikka ega. HONOR X9d HONOR Ultra-Bounce Anti-Drop texnologiyasi, nyutonsiz xususiyatiga ega yostiqchalari va ballistik material, shuningdek, yangi ultra-qattiq temperlangan shisha yordamida 2,5 metr balandlikdan 10 turdagi silliq yuzalarga tushishga bardosh bera oladi. Uch qavatli suvga bardoshlilik himoyasi Water Resistance Structure 2.0 IP68+IP69K standartlari bo‘yicha flagman darajasida suvga chidamlilikni ta’minlaydi va eng murakkab vaziyatlarga moslashadi: 30 daqiqagacha 1,5 metr chuqurlikka tashlash, 85 daraja issiqlikdagi suvga 10 soniyagacha qo‘yish va yuqori bosimli suv oqimlariga bardosh berish. AI yordamida yomg‘irda va qo‘lqop kiyilgan holatda sensor aniqligini oshirish funksiyalari foydalanuvchilarga ekran bilan silliq ishlash imkonini beradi.
-1.png)
Sanoatda yetakchi uzoq muddatli batareya
HONOR X9d 8300 mA·soatli silikon-karbon batareya bilan jihozlangan bo‘lib, katta quvvatni saqlagan holda qurilmaning yupqaligi va yengilligini ta’minlaydi. Smartfon 3 kungacha faol foydalanishda quvvatlashsiz ishlay oladi, shuningdek, kompaniyaning maxsus energiya optimallashtirish algoritmlari batareya hajmining 6 yil davomida 80% dan tushib ketmasligini kafolatlaydi. Takomillashgan harorat nazorati batareyaning -30°C dan 55°C gacha bo‘lgan harorat sharoitida samarali ishlashini ta’minlaydi. Bundan tashqari, Ultra Power Saving rejimi batareya quvvati 2% bo‘lsa ham 60 daqiqagacha ovozli aloqa qilish imkonini beradi. HONOR X9d 66W simli HONOR SuperCharge tez zaryadlash va boshqa qurilmalarni 7,5W simli aks zaryadlash bilan qo‘llab-quvvatlaydi.
-2.png)
Narx va aksiyalar
11 Noyabrdan boshlab yangi HONOR X9d O‘zbekiston elektron do‘konlarida 3 xil rangda: Qizg‘ish chigarrang, Kunchiqar tilla hamda Yarim tun qora ranglarida 8 + 256 GB versiyasi uchun 4 479 000 so‘m va 12 + 256 GB 4 829 000 so‘mdan xarid qilish mumkin.
*Bu narx bozor o‘rtacha narxlari hisoblanadi. Xarid bilan birga har xil esdalik sovg‘alari ham qo‘shib beriladi: 12 dekabrgacha Yangi Qarnay sovg‘a sifatida taqdim etiladi, shuningdek Yandex Plusdan 60 kunlik bepul obunaga ega bo‘lasiz. Shuningdek, zavod nuqsoni aniqlanganda qurilmani almashtirish servis aksiyasi va shikastlanganda bepul ekranni almashtirish aksiyasi amal qiladi.
Sanalar va shartlarga e’tibor qarating.
HONOR X9d smartfoni haqida batafsil ma’lumotga shu havola orqali ega bo‘ling.
HONOR haqida
HONOR — sun’iy intellekt asosidagi qurilmalar ekotizimida yetakchilaridan biri hisoblanadi. HONOR sanoat chegaralarini ochiq va uzluksiz hamkorlik orqali kengaytirishni maqsad qilib, qadriyatlarga asoslangan ekotizim yaratishni ko‘zlagan.
HONOR O‘zbekistonning ijtimoiy tarmoqlaridagi rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling:
Facebook | Instagram | Telegram | YouTube
Reklama huquqi asosida
Live
Barchasi