Ikki karra Olimpiya chempioni Ulug‘bek Rashidov diskvalifikatsiya qilindi

Sport

image

Taekvondo bo‘yicha ikki karra Olimpiya chempioni, o‘zbekistonlik Ulug‘bek Rashidov antidoping qoidalarini buzgani uchun musobaqalardan ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqda Xalqaro doping-test agentligi (ITA) xabar berdi.

ITA ma’lumotiga ko‘ra, Rashidov oxirgi bir yil ichida uch marta o‘zining joylashuvi haqida ma’lumot berish qoidalarini buzgan. Bu esa antidoping qonunchiligi buzilishi hisoblanadi, chunki sportchining test topshirishdan bosh tortganiga teng baholanadi.

Uning diskvalifikatsiya muddati joriy yil 13 maydan 2027 yil 12 maygacha hisoblanadi. Sportchining 2025 yil 3 fevraldan buyon erishgan barcha shaxsiy natijalari bekor qilindi. Ulug‘bek Rashidovning o‘zi ham bu chetlatishga rozi bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Ulug‘bek Rashidov – -68 kg vazn toifasida 2020 va 2024 yillarda Olimpiya chempioni, 2022-yilgi Osiyo o‘yinlari va Osiyo chempioni, Jahon chempionati sovrindori hisoblanadi. U O‘zbekiston taekvondo tarixidagi yagona Olimpiya oltin medali sohibi bo‘lish bilan birga, butun taekvondo tarixida erkaklar o‘rtasida ikki karra Olimpiya chempioni bo‘lgan yagona sportchi hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Ulug'bek Rashidov antidoping qoidalari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing