Ikki mingdan ortiq harbiy xizmatchilarning farzandlari imtiyozli tarzda o‘qishga kirdi
Jamiyat
−
23 avgust 2023 12319 1 daqiqa
2023-2024 o‘quv yilida 2,1 ming nafar harbiy xizmatchilarning farzandlari imtiyozli ravishda oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgan. Shuningdek, imtiyoz bilan OTMga qabul qilinganlarning 720 nafarini ichki ishlar organlari ходимларининг farzandlari tashkil qiladi. Bu haqda bugun, 23 avgust kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Bilim va malakalarni baholash agentligi mas’ullari bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Unda aytilishicha, abituriyentlarning 180 ming nafarga yaqini umumiy qabul parametrlari asosida, 13,5 ming nafari esa imtiyozga ega abituriyentlar uchun ajratilgan qo‘shimcha qabul parametrlari doirasida talabalikka tavsiya qilingan.
Qolaversa, 4,2 ming nafar abituriyent talabali baxtiga muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomasi orqali erishgan.
Ammo “Mehribonlik uyi” va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar, SOS – bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylari bitiruvchilari, shuningdek, vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalarning faqat 261 nafarigagina o‘qishga kirish uchun imtiyoz taqdim etilgan.
Qolaversa, ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarning ham o‘qishga kirishdagi imtiyozi ko‘p emas – 1,9 ming. Kamida 5 yil ish stajiga ega xotin-qizlarning ham faqat 351 nafari talaba bo‘lgan.
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning esa 3,5 ming nafari xuddi shunday imtiyozli holda o‘qishga kirgan.
Live
Barchasi