Ilk parvoz Samarqandga: urush tufayli yopilgan Dubay aeroporti ochildi

Olam

image

Yaqin Sharqdagi urush tufayli havo hududi yopilgan Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay xalqaro aeroportidan ilk texnik parvoz amalga oshirildi. Bu haqda “Flightradar24” ma’lumotlarida keltirilgan.

Unga ko‘ra, reys O‘zbekistonning mahalliy aviakompaniyasiga tegishli bo‘lib, ayni paytda samolyot yo‘lovchisiz Dubay-Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilmoqda.

“Flightradar24” ma’lumotiga ko‘ra, hozirning o‘zida samolyot harakatini dunyo bo‘ylab minglab foydalanuvchi kuzatmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabidan ayrim xalqaro reyslar qayta yo‘lga qo‘yildi. Samolyotlar Londonning Xitrou aeroporti, Parijning Sharl-de-Goll aeroporti, shuningdek, Amsterdam va Moskva yo‘nalishlariga uchib ketgan.


Maqola muallifi

Teglar

Dubay Yaqin Sharq Flightradar24

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing