Indiana shtatidagi bazmda otishma sodir bo‘ldi
Olam
−
18 may 2019
4097Indiana shtati Bolla universiteti yaqinidagi kechada yuz bergan otishma natijasida kamida yetti kishi jarohat oldi. Bu haqda shanba kuni CNN telekanali xabar bermoqda.
Mansi shahri politsiya boshlig‘i Jo Uinklning xabar berishicha, otishmada yaralangan uch kishining ahvoli og‘ir bo‘lib qolmoqda. Shuningdek, to‘rt nafar yaralanganlarning hayoti xavf ostida emas.
Barcha jarohatlanganlar shtat shifoxonasiga yuborilgan. Hujum uyushtirgan shaxs nima maqsadda bu ishni qilganining sababi ma’lum emas.
LiveBarchasi