Indoneziyada nikohsiz jinsiy munosabatlar taqiqlandi

Olam

image

Bugun, 2 yanvardan Indoneziyada yangi Jinoyat kodeksi kuchga kirdi. Unga ko‘ra, endilikda nikohsiz jinsiy aloqa va rasmiy ro‘yxatdan o‘tmasdan birga yashash jinoyat hisoblanadi. Ushbu norma mamlakat fuqarolari hamda xorijiy fuqarolarga, jumladan Bali orolida dam olayotgan sayyohlarga ham taalluqli. Bu haqda “Leet media” xabar berdi.

Qonunga ko‘ra, ish qo‘zg‘atish huquqi hamma uchun mavjud emas: ariza faqat turmush o‘rtog‘i, ota-ona yoki farzandlar tomonidan berilishi mumkin. Politsiya mustaqil ravishda bunday ishlarni boshlay olmaydi. Agar xiyonat isboti topilsa, ayblanuvchiga bir yilgacha qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.

Yangi Jinoyat kodeksi 2022 yil dekabrda qabul qilingan va o‘tish davridan so‘ng kuchga kirdi. Hujjat niderlandiyaliklar mustamlakachiligi davridan qolgan normativlarni almashtirgan.

Indoneziya hukumatiga ko‘ra, yangi norma mustamlaka qonunchiligidan voz kechishning bir qismi bo‘lib, sayyohlarni ommaviy tekshirishga qaratilmagan. Shu bilan birga, inson huquqlari tashkilotlari shaxsiy erkinliklarning cheklanishi va turizm sohasiga xavf borligidan xavotir bildirmoqda.

Ma’lumot uchun, Indoneziya Janubi-Sharqiy Osiyoda eng ommabop dam olish manzillaridan biri hisoblanadi. Mamlakatda Bali va boshqa mashhur kurort hududlar mavjud.


Maqola muallifi

Teglar

Indoneziya nikoh jinsiy munosabat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing