Instagram ota-onalarni suitsiddan ogohlantirishni boshlaydi

Olam

image

Instagram o‘smirlar suitsid yoki o‘zini jarohatlashga oid atamalarni qisqa vaqt ichida takroran qidirsa, ota-onalarga xabar berishni boshlaydi. Bu qaror hukumatlar ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish yoshini cheklash masalasini ko‘rib chiqayotgan bir paytga to‘g‘ri keldi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Platforma egasi “Meta Platforms”ning ma’lum qilishicha, yangi funksiya ixtiyoriy “ota-ona nazorati” rejimiga ulangan foydalanuvchilarga tatbiq etiladi. Kompaniya o‘z bayonotida o‘zini o‘ldirish yoki o‘zini jarohatlashni targ‘ib qiluvchi kontentga qarshi qat’iy siyosat yuritilishini ta’kidlagan. Ilgari bunday qidiruvlar bloklanib, yordam resurslariga yo‘naltirilar edi; endi esa ota-onalarga ham signal yuboriladi. Xizmat kelasi haftadan AQSH, Britaniya,Avstraliya va Kanadada ishga tushiriladi.

Bu qadam Avstraliya 16 yoshgacha bo‘lganlar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilganidan so‘ng muhokamalar kuchaygan sharoitda e’lon qilingan. Britaniya joriy yil yanvarda bolalarni onlayn himoya qilish bo‘yicha cheklovlarni ko‘rib chiqishini bildirgan, Ispaniya, Gretsiya va Sloveniya ham kirish imkoniyatlarini qisqartirish variantlarini muhokama qilmoqda.

Instagram’ning “o‘smir akkauntlari” tizimiga ko‘ra, 16 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilar sozlamalarni o‘zgartirish uchun ota-ona roziligini olishi kerak. Qo‘shimcha nazorat qatlami esa bolaning roziligi bilan faollashtiriladi. Hukumatlar bolalar xavfsizligi va shaxsiy hayot daxlsizligi o‘rtasida muvozanat topishga urinmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Instagram suitsid

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing