Insult kasalligini tezkor aniqlash yo‘li topildi

Salomatlik

image
Yurak qon-tomir kasalliklari bilan qanday kurashish mumkin? north_east

Yurak qon-tomir kasalliklari bilan qanday kurashish mumkin?

Buyuk Britaniya olimlari tomonidan qondagi GFAP oqsili konsentratsiyasi yordamida insult kasalligi turini tezkor aniqlovchi tibbiy tahlil usuli yaratildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ushbu yangi diagnostika usuli bemorni shifoxonaga olib borgunga qadar insult kelib chiqishiga qon quyilishi yoki qon ivishi sabab bo‘lganini zudlik bilan aniqlash imkonini beradi. Tadqiqot davomida miyaga qon quyilishi qayd etilgan bemorlarda GFAP darajasi qon ivishi tufayli kelib chiqqan insultni boshdan kechirganlarga nisbatan qariyb yetti baravar yuqori bo‘lishi o‘rganildi.

E’tiborli jihati, yangi tashxis usulini bemor gospitalizatsiya qilinishidan avval qo‘llash mumkin. Tahlil javoblari bir necha daqiqada tayyor bo‘ladi. Bu esa tegishli muolajalarni tezkor ravishda boshlash va bemor hayotini saqlab qolish hamda kasallik asoratlarini kamaytirish imkonini beradi.

Ma’lumot uchun, insult — miyada qon aylanishining o‘tkir buzilishi bilan kechadigan xavfli kasallik. U o‘lim ko‘rsatkichi yuqoriligi bo‘yicha dunyoda yurak-qon tomir va onkologik xastaliklardan keyingi o‘rinda turadi.

Bu patologiyaning ikki turi mavjud — ishemik va gemorragik. Ishemik insult miyadagi qon tomiriga tromblar tiqilib qolishi, gemorragik turi esa miyaga qon quyilishi bilan farqlanadi.  Tibbiy amaliyotda kasallikni tashxislashdi asosan kompyuter tomografiyasi va magnit-rezonans tomografiya (MRT) texnologiyalaridan foydalanadi. Bu esa ma’lum vaqtni talab etadi.


Maqola muallifi

Teglar

kasallik Insul't

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing