Interpol qidirayotgan o‘zbekistonlik Misrda ushlandi
3-sahifa
−
05 dekabr 4921 1 daqiqa
Interpolning O‘zbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi sa’y-harakatlari natijasida hamda Qohira Interpol milliy markaziy byurosi ko‘magida og‘ir turdagi jinoyatni sodir etgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Interpolning Toshkent va Qohiradagi Milliy markaziy byurolari xodimlarining o‘zaro hamkorligi, izlanishlari va tezkor harakatlari natijasida og‘ir turdagi jinoyatni sodir etgani uchun Interpol kanallari orqali xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxs Misr Arab Respublikasida yashirinib yurgani aniqlangan va qo‘lga olingan.
Ushbu shaxs xalqaro shartnomalarda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasiga deportatsiya qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Interpol kanallari orqali qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi Vetnamda ushlanib, ortga deportatsiya qilingandi.
Live
Barchasi