Interpol qidirayotgan o‘zbekistonliklar AQSH va Polshada ushlandi
3-sahifa
−
10 Sentabr 5669 2 daqiqa
Interpol orqali xalqaro qidiruvda bo‘lgan fuqarolar AQSH va Polshadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, qidiruvdagi shaxslardan biri Polsha hududida qo‘lga olingach va zarur tartib talablari amalga oshirilgach, jinoiy javobgarlikka tortish maqsadida Interpolning O‘zbekiston Respublikasidagi Milliy Markaziy byurosi xodimlariga topshirilgan.
Shu bilan birga, oldinroq Amerika Qo‘shma Shtatlaridan O‘zbekiston Respublikasiga noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish tadbirlari doirasida mamlakatda noqonuniy ravishda bo‘lgan 39 nafar fuqaro deportatsiya qilingani xabar qilingan edi. Ular orasida Interpol kanallari orqali o‘ta yirik miqdordagi firibgarlik uchun qidiruvda bo‘lgan jinoyatchi ham bo‘lgan.
“Bu AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi va Interpolning O‘zbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi o‘rtasida doimiy axborot almashinuvi va yaqin hamkorlik asosida AQSH immigratsiya xizmatlari e’tiboriga tushgan xalqaro qidiruvdagi jinoyatchilarning qo‘lga olinganining ikkinchi ijobiy misolidir”, deyiladi xabarda.
Ular Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga yetib kelgach, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yetkazish va sodir etilgan jinoyatlar uchun javobgarlikka tortish uchun Interpol Milliy markaziy byurosi va Respublika Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan kutib olingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq xalqaro qidiruvda bo‘lgan 6 nafar fuqaro Turkiyada qo‘lga olinib, O‘zbekistonga olib kelingandi. Ular turli jinoyatlar, jumladan, odam savdosi, o‘ta yirik miqdordagi firibgarlik va boshqa og‘ir jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda
Live
BarchasiPutin Imomali Rahmonga ta’ziya bildirdi.
22 dekabr