Iroqlik tadbirkorlar delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi

Biznes

image

Bugun, 13 yanvar kuni Iroq Savdo vaziri Asir Dovud Salmon al-G‘urayriy boshchiligida 150 ga yaqin yirik biznes vakillaridan iborat delegatsiya O‘zbekiston bilan hamkorlik masalalarini muhokama qilish maqsadida amaliy tashrif bilan Toshkentga keldi.

Savdo-sanoat palatasi hamda mamlakatimizning Kuvaytdagi elchixonasi tashabbusi bilan tashkil etilgan bu tashrifning asosiy maqsadi – qurilish, elektrotexnika, farmatsevtika, oziq-ovqat, mebel, avtosanoat sohasidagi korxonalar faoliyatini bevosita o‘rganish, mahsulot sifati hamda ishlab chiqarish salohiyatini tahlil qilishdir.

Biznes vakillari ishlab chiqarish jarayonlari bilan jonli tanishishi, ob’ektlarni joyida ko‘rishi va real imkoniyatlarni baholashi uchun poytaxtning turli nuqtalaridagi yirik kompaniyalarga ekskursiya tashkil etildi.

Delegatsiya 16 yanvarga qadar O‘zbekistonda bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston tadbirkorlar delegatsiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing